Pakyao faoliyatini yakunlashi mumkin – Freddi Rouch
Sport
−
24 avgust 2021
2553Mashhur boks murabbiyi Freddi Rouch o‘z shogirdi, sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyaoning Yordenis Ugas bilan jangdagi mag‘lubiyatini izohladi. So‘ngra, murabbiy 42 yoshli filippinlik bokschi faoliyatini yakunlashini ham istisno qilmadi.
“Uning faoliyati yakunlanishini tasavvur qilishni ham istamayman. Ammo bu kun keladi, ehtimol hozir sodir bo‘lishi mumkin. U yaxshi jang ko‘rsata olmadi, Pakyao nima qarorga kelishini kutishdan boshqa choramiz yo‘q. Ugas masofada juda yaxshi ishladi. Uning qo‘llari uzun va bo‘yi ham baland. Menni Yordenisni taslim etishi qiyin edi. Kubalik raqib ajoyib jang o‘tkazdi”, deya fikr bildirgan Freddi Rouch.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning, 22 avgust kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan WBA chempionlik kamari uchun jangda Menni Pakyao Yordenis Ugasga mag‘lub bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, yarim o‘rta vazn toifasida WVC va IBF yo‘nalishlari chempioni amerikalik Errol Spens hisoblanadi. WBO kamari esa amerikalik Terens Kroufordga tegishli.
LiveBarchasi