Paqildoq 17 yashar yigitning qo‘lida portladi. Yigit reanimatsiyada

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida 17 yashar yiigit qo‘lida pirotexnika vositasi portlashi oqibatida og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Voqea bugun, 30 dekabr kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan. Qumovul QFYda yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan S.A. o‘z uyida pirotexnika vositasi qo‘lida portlashi oqibatida jiddiy jarohat olgan.

Shundan so‘ng u zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ammo olgan jarohatining jiddiyligini hisobga olib, tezkor ravishda “tez yordam” mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialining jonlantirish bo‘limiga “Chap qo‘l panja sohasida katta hajmli ezilib, yirtilgan jarohati. To‘rinchi va beshinchi barmoqlar jarohati va tirnoq falangasining travmatik uzilishi” tashxisi bilan yotqizilgan. Malakali shifokorlar shu zahotiyoq jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. Ayni paytda davolash muolajalari davom etmoqda.

“Pirotexnika vositalaridan shikastlanishlar asosan maktab yoshidagi bolalarda kuzatilishini hisobga olsak, yoshi kattalar tomonidan qat’iy nazorat olib borilishi talab etiladi. Pirotexnik vositalari ta’sirida kuyish jarohati yuzaga kelgan holatlarda kuygan sohalarni sovuq suv bilan yuvish hamda kuygan sohalarga o‘zi bilmagan holda turli xil dori vositalarini ishlatmaslik zarur. Birinchi navbatda aseptik bog‘lam qo‘yib, tez tibbiy yordam xizmati yoki shifoxonalarning kuyganlar bo‘limiga murojaat qilinishi lozim.

Shu o‘rinda Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga, jumladan, ota-onalarga o‘z farzandlarini pirotexnika vositalaridan foydalanmaslikka, ularning sog‘lig‘i va hayotiga xavf tug‘diruvchi bunday xafli xatarlardan ehtiyot bo‘lishlarini yana bir bor so‘rab qoladi”, deyiladi SSV xabarida. 


Maqola muallifi

Teglar

Paqildoq Pirotexnika

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing