2020 yil dunyoda kutilayotgan ob-havo olimlarni tashvishlantirmoqda
Jamiyat
−
16 yanvar 2020
21193O‘tgan 2019 yil meteorologik kuzatuvlar tarixida 2016 yildan keyin dunyodagi eng issiq yil bo‘ldi. Bu haqda Butunjahon meteorologiya tashkiloti ma’lum qilmoqda.
2019 yil dunyoda o‘rtacha harorat 1850-1900 yilgacha bo‘lgan davrda kuzatilgan ob-havodan 1,1 daraja issiq bo‘ldi. Shu bois 2016 yil eng issiq havo harorati qayd etilgan davr hisoblanmoqda. Bunga uzoq muddat iqlim o‘zgarishlarini keltirib chiqargan El Nino effekti sabab bo‘lgan.
“Agar biz SO2 (uglerod dioksidi)ni shu sur’atda atmosferaga chiqaraversak, asr so‘ngiga qadar harorat 3-5 darajaga ko‘tariladi. Afsuski, 2020 va kelgusi o‘n yillikda yanada ekstremal ob-havoni kuzatish mumkin. Bunga atmosferaga rekord darajada turli gazlarning chiqarilayotgani sabab bo‘ladi”, dedi Butunjahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibi Petteri Taalas.
Umuman olganda, 2010 yildan buyon eng yuqori o‘rtacha harorat ko‘rsatkichlari qayd etib kelinmoqda. 1980 yildan boshlab har o‘n yillik avvalgisidan issiqroq bo‘lmoqda. Bu holat yuqorida qayd etilganidek, havoga turli gazlarning ko‘p miqdorda chiqishi sababidan sodir bo‘lmoqda, deya ta’kidlaydi tashkilot.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr