Ozoda Nursaidovaning “Ko‘k jiguli”si dunyo reytingida 2-o‘ringa chiqdi
Madaniyat-san’at
−
11 mart
180546O‘zbekistonlik taniqli xonanda Ozoda Nursaidovaning so‘nggi treki 2 hafta davomida juda ko‘p ko‘rishlar soniga ega bo‘ldi va butun dunyoning trenddagi musiqalar ro‘yxatida 2-o‘rinni egalladi. Bu haqda xonandaning o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, tarmoqlarga joylanganiga hali ko‘p bo‘lmagan “Ko‘k jiguli” klipi so‘nggi 2 hafta ichida 42 million marta ko‘rilgan. Shuningdek, qo‘shiq ushbu davr mobaynida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Rossiya trendida, shuningdek, Luxembourg chartida 1-o‘rinni band qilgan.
Hozirda “Ko‘k jiguli” klipi YouTube music global charts butun dunyo reytingida 2-o‘rinni egallab turibdi. Xonanda ushbu natija O‘zbekiston tarixida birinchi marta kuzatilayotganini urg‘ulagan.
“Yana ozgina harakat qilsak, Global`da 1-o‘ringa ko‘tarilamiz” deb yozib qoldirgan Ozoda Nursaidova.
Ma’lumot uchun, Ozoda Nursaidova 1974 yil 9 oktyabrda Toshkent viloyatining To‘ytepa shahrida tug‘ilgan. 1999 yilda Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlagan. 2021 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. U o‘zbek estrada san’atida “Muhabbat qaydasan”, “Ketma”, “Asrasin” kabi qo‘shillari bilan tanilgan. Shu kunga qadar uning o‘ndan ortiq konsert dasturlari bo‘lib o‘tgan.
LiveBarchasi