Ozoda Nursaidovaning konserti uchun xarid qilingan chipta pullari qaytarib berildi

Madaniyat-san’at

image

“Xalqlar do‘stligi” saroyidagi konsert uchun xarid qilingan chipta puli iste’molchiga qaytarib berildi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar bermoqda. 

Joriy yilning fevral oyida iste’molchi F.A. Toshkent shahridagi “Xalqlar do‘stligi” saroyi kassasidan xonanda Ozoda Nursaidovaning yakkaxon konserti uchun 4 ta chipta xarid qilgan. Chiptalar narxi 600 000 so‘mni tashkil etgan. 
 
8 aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur konsert pandemiya tufayli qoldirilgan. 
 
Iste’molchi sarflagan pulini qaytarib olishda qiyinchilikka uchragan. “Xalqlar do‘stligi” saroyi kassasi yopilgan, shu sababli pulini qayerdan olishni bilmagan.
 
So‘ng iste’molchi F.A. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat qilgan. Murojaat Agentlikning Toshkent shahar hududiy tuzilmasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilgan. 
 
Natijada, chiptalar uchun to‘langan pul mablag‘i “Ozoda-Nur” MCHJ tomonidan iste’molchining plastik kartochkasiga to‘liq o‘tkazib berilgan.

Maqola muallifi

Teglar

Kontsert

Baholaganlar

439

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing