Oziq-ovqat mahsulotlari ichida eng foydalisi ma’lum bo‘ldi
Foydali
−
20 fevral 2021
9744Oziq-ovqat mahsulotlari ichida eng foydalisi yong‘oqdir. Bu haqda shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov ma’lum qilgan.
"Yong‘oqlarda hamma narsa bor. Yong‘oq har jihatdan eng foydali mahsulotdir", degan u "Rossiya 1" telekanali efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘oqlarda juda ko‘p foydali mikroelementlar mavjud, masalan, sink, selen, xrom.
Shu bilan birga, Myasnikov har kuni oz-ozdan yong‘oq yeyish kerakligini ta’kidlagan.
Ma’lumot o‘rnida, mevasining mag‘zi juda mazali va to‘yimli bo‘lgan yong‘oq tarkibida 60-70 foiz moy, 11-20 foiz oqsil, 20 foizgacha uglevodlar va vitaminlar bor.
LiveBarchasi