4 tup yong‘oq kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi
3-sahifa
−
18:02
869Toshkent viloyatida 4 tup yong‘oq daraxtlarini hech qanday ruxsatnomalarsiz kesib tashlagan fuqaro tabiatga 247.500. 000 so‘m miqdorida zarar keltirdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Chirchiq shahrining Yangi O‘zbekiston massiviga kirish qismi hududida joylashgan MCHJ mas’ul xodimi tomonidan savdo do‘konlari va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini qurish uchun mo‘ljallangan yer maydonidagi o‘sish holatidagi 4 tup yong‘oq daraxtlarini hech qanday ruxsatnomalarsiz kesganligi aniqlangan.
Bu harakatlari bilan huquqbuzar “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning tegishli moddalari talablarini buzgani va tabiatga 247.500. 000 so‘m miqdorida zarar yetkazgani aniqlangan.
“Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Toshkent viloyatida daraxtlarni noqonuniy kesgan fuqaro tabiatga 260 mln so‘m zarar yetkazgan edi.
LiveBarchasi