Aziz Abduhakimov Hukumat 9 oyda bajargan va bajarmagan ishlarni aytdi

Jamiyat

image

Bugun, 30 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi ijrosi yuzasidan ma’ruza qildi.

Aziz Abduhakimovning qayd etishicha, davlat dasturiga muvofiq joriy yilning to‘qqiz oyida 203 ta, shu jumladan, III chorakda (30 sentyabrgacha) beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha jami 52 ta topshiriqlar ijrosini ta’minlash nazarda tutilgan bo‘lib, yil davomida esa 54 ta bandning bajarilishi belgilangan.

“2019 yilning to‘qqiz oyida davlat dasturining 168 ta band ijrosi to‘liq bajarilib, 260 ta normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, shu jumladan 13 ta O‘zbekiston Respublikasining qonuni, 17 ta Oliy Majlis palatalarining qarori, 97 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda 71 ta Vazirlar Mahkamasining hujjatlari qabul qilindi.

Bundan tashqari, 24 ta band ijrosi bo‘yicha tegishli hujjatlar loyihalarni tayyorlash va kelishish bo‘yicha ishlar yakunlanib, ular o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida ishlanmoqda. Shuningdek, davlat dasturining 11 ta bandi bo‘yicha topshiriqlar ularni sifatli, puxta va to‘laqonli ishlab chiqilishi yuzasidan Davlat rahbariga axborot berilgandan keyin ijro muddati uzaytirilgan.

Bugungi kunda Davlat dasturi doirasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar shubhasiz respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda”, dedi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.


Maqola muallifi

Teglar

Aziz Abduhakimov davlat dasturi

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing