Qozog‘istonga 4 ta yo‘nalishda avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

photo_2019-05-02_13-12-23

Bugun, 2 may kunidan “Uzavtotrans Service” MCHJ korxonasi Qozog‘istoning 4 ta shahriga muntazam qatnovlarni amalga oshira boshladi.

Qatnovlar Toshkent-Turkiston, Toshkent-Olmaota, Toshkent-Ushkunur, Chirchiq-Ushkunur yo‘nalishlarida amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalishlarda barcha qulayliklarga ega zamonaviy YUTONG avtobuslari xizmat ko‘rsatadi. Chiptalarni Toshkent avtovokzali kassalaridan harid qilish mumkin.

Toshkent-Turkiston yo‘nalishi chipta narxi 50 000 so‘m, Toshkent-Olmaota yo‘nalishi chipta narxi 101 000 so‘m, Toshkent- Ushkunur yo‘nalishi chipta narxi 101 000 so‘m, Chirchiq- Ushkunur yo‘nalishi chipta narxi 90 000 so‘m.

Shuningdek, korxona tomonidan yaqin orada “Toshkent – Nur-Sulton (Qozog‘iston)”, “Toshkent – Taraz (Qozog‘iston)”, “Toshkent – Qizilo‘rda (Qozog‘iston)”, “Samarqand – Turkiston (Qozog‘iston)”, “Samarqand – Dushanbe (Tojikiston)”, “Toshkent – Qozon (Rossiya Federatsiyasi)”,  “Toshkent – Ufa (Rossiya Federatsiyasi)”, “Toshkent – Omsk (Rossiya Federatsiyasi)”, “Toshkent – Petropavlovsk (Rossiya Federatsiyasi)” yo‘nalishlarida ham muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Kelajakda Xitoy Xalq Respublikasi, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi hamda Qirg‘isizton Respublikalarining shaharlariga O‘zbekistonning turli viloyatlaridan yo‘nalishlar tashkillashtirish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston avtobus qatnovi

Baholaganlar

51

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing