Suriya urushi: ISHIDga qarshi Turkiya yangi operatsiya boshladi

Olam

image

Arab-Kurd Suriya Demokratik Kuchlari (SDK) Ras al Ayn shahrida turk armiyasiga hujum qilib, 75 turk askarini o‘ldirgan va 7 tankni yo‘q qilgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Shuningdek, 19 turk askari kurdlarning zarbalaridan yaralangan.

Kecha, 12 oktyabr kuni Turkiya Mudofaa vazirligi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Ras al-Ayn shahri turk qurolli kuchlari va muxolifatdagi "Suriya milliy armiyasi" tomonidan nazoratga olingani haqida e’lon qildi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an shu yilning 9 oktabr kuni Kurdiston ishchilar partiyasi va Turkiyada "Islomiy davlat" terrorchilik guruhiga qarshi Suriyaning shimolida "Tinchlik manbai" operatsiyasini boshlaganini e’lon qildi.

Shu kuni Turkiya aviatsiyasi ikki mamlakat chegarasidagi Ras al-Ayn shahriga va Suriyaning boshqa bir qator shaharlariga hujum qildi. Keyinchalik operatsiyaning yer osti qismi boshlangani e’lon qilindi. 

Suriya Hukumati bir necha marotaba SARning shimolida Turkiyaning ishg‘ol qilish siyosatini qoraladi.

Rossiya 2011 yildan beri davom etib kelayotgan Suriya mojarosini hal qilish yo‘lida turishi mumkin bo‘lgan harakatlardan qochish kerakligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya kurdlar

Baholaganlar

122

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing