Nurmuhamedov nafaqaga chiqqanini tan oldi

Sport

image

Habib Nurmuhamedov Toni Fergyuson bilan jandan so‘ng keyingi raqib kim bo‘ladi degan savolga javob berdi.

Mutlaq janglar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmuhamedov Toni Fergyusonga qarshi jangdan so‘ng MMA`dagi faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi.

Shartnoma hali imzolanmagan bo‘lsa-da, ushbu raqib navbatdagi bo‘lishi kutilmoqda.

Shundan keyin Nurmuhamedovga kim raqib bo‘ladi degan savolga, "ehtimol hech kim bo‘lmas", deb javob berdi.

"Biz allaqachon juda uzoqni ko‘zlayapmiz. Rostini aytsam, men kelgusi rejalarni tuzishni yoqtirmayman. Toni Fergyuson bilan kurashni davom ettirishimiz kerak. Deyarli yarim yil, besh oy. Shunday qilib, biz ko‘ramiz. Menimcha, ehtimol bundan keyin hech narsa bo‘lmaydi ", dedi Nurmuhamedov.

Avvalroq, mutlaq janglar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmuhamedov o‘zining keyingi jangi uchun joy qidirayotgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, sportchi joriy yilning 23 noyabr kuni poytaxt Toshkentda MMA GFC-20 turniri bo‘lib o‘tadi. Unda Habib Nurmehamedov ham mehmon bo‘lishi kutilmoqda. 

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

198

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing