Qurilish sohasida AKTni rivojlantirish markazi tuzilmasi tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tuzilmasi tasdiqlandi.

Qurilish vaziriga, zarurat bo‘lganda, markaz tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Markaz direktori va o‘rinbosari qurilish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Ma’lumot uchun, Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi Prezidentning 2019 yil 20 sentyabrdagi PQ-4464-son qaroriga asosan tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qurilish AKT

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing