Yuqorichirchiqda qurilgan shifoxonaga karantindagilarni joylashtirish boshlandi
Jamiyat
−
28 mart 2020
12739Avvalroq, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishga qaratilgan ishlar doirasida Toshkent viloyatining Yuqoriirchiq tumanida maxsus karantin zona va shifoxona qurish ishlari boshlangani va bir necha kunda foydalanishga topshirilishi haqida xabar bergan edik.
Kecha, 27 mart kuni Yuqorichirchiqda qurilayotgan karantin zonasining dastlabki lotlari qurilib foydalanishga topshirildi. Bu haqda Qurilish vazirligi ma’lum qildi.
Kecha yangi qurilgan karantin hududiga xorijdan olib kelingan 650 nafar O‘zbekiston fuqarosi joylashtirilgan.
Ma’lumot uchun, koronavirusga qarshi kurashish uchun Toshkent shahrining Chilonzor tumani va Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ham shifoxona qurish boshlab yuborilgan. Shifoxonalarni 5 kunda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 104 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi