Braziliya koronavirus haqida ma’lumot berishni to‘xtatdi

Olam

image

Braziliya koronavirus haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishni qisman to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlar taqdim etilishining vaqtincha to‘xtatib turish tashabbusi dastlab Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ilgari surilgan, so‘ngra tashabbus Prezident Jair Bolsonaru tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, rasmiylar avvalgi ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshirish uchun rasmiy statistikani nashr etishni to‘xtatgan. Shuningdek, ma’lumotlarni tez-tez chop etilganligi sababli, o‘z vaqtida nashr etish tartibini ishlab chiqish talab etilmoqda. Endi rasmiylar faqat yangi aniqlangan holatlar statistikasini e’lon qilishmoqda.

Dunyo bo‘ylab rasmiy statistik ma’lumotlarni to‘playdigan Jons Xopkins universiteti o‘z veb-saytidan Braziliya haqidagi ma’lumotlarni olib tashladi.

Avvalroq, Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaru Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) g‘oyaviy noaniqlikda ayblab, o‘z mamlakatini undan chiqib ketishini aytib, tahdid qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya

Baholaganlar

141

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing