36% ayollar saylanishi – inqilobiy o‘zgarish – Narimon Umarov

Jamiyat

image
De Zuluyeta xonim avvalgi saylovlarda O‘zbekiston kuzatuvchilarga cheklov qo‘yganidan nolidi north_east

De Zuluyeta xonim avvalgi saylovlarda O‘zbekiston kuzatuvchilarga cheklov qo‘yganidan nolidi

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi eng yaxshi saylovoldi kampaniya yuritgan siyosiy partiya sifatida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan keyin e’tirof etilgan bo‘lsa-da, 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, parlamentdagi 21 o‘ringa ega chiqib, umumiy reytingda uchinchi o‘rindan joy oldi. 

Bugun, 23 dekabr kuni saylov natijalari e’lon qilingach, barcha partiyalar rahbarlari qatori “Adolat” SDP raisi Narimon Umarov ham saylov yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi. Uning qayd etishicha, saylangan nomzodlarning 36% foizi ayollar ekanini, o‘zbek jamiyatida inqilobiy jarayon sifatida qabul qilish mumkin.

“Albatta, juda katta jarayon yakunlandi. Mamlakatimizdagi katta o‘zgarishlarning bir bosqichi yaxshi yakunlangani, aholimiz ushbu saylovga befarq bo‘lmay, faol qatnashgani bilan tabriklaymiz. Eng asosiysi, siyosiy partiyalarga bir xil sharoit yaratildi. 

Saylovlarning eng quvonarli qismi ayollarimizning 36% saylangani, men o‘ylaymanki, juda katta inqilobiy o‘zgarish bo‘ldi. Biz ayollar haqida ko‘p masalalarni ilgari surar edik. Bugun xalqimizning irodasi yaqqol ko‘rindi. O‘ylaymizki, bugungi kunda erishilgan yutuqlar bizga katta maktab bo‘ldi. Albatta, “Adolat” partiyasi yuqori “planka” qo‘ygan edi. Kurashni 22 ta o‘rin uchun yana davom ettiramiz. Nasib qilsa parlamentda kuchli va haqiqatan professional deputatlik korpusi yaratishga harakat qilamiz”, deydi Umarov. 

Eslatib o‘tamiz, qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 22 okruglarda nomzodlarning birontasi ham yetarli miqdorda ovoz ololmaganligi sababli mazkur okruglardan deputat saylanmadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Narimon Umarov Adolat SDP

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing