Buxoro Davlat universiteti 232 mln pulni maqsadsiz ishlatib yuborgan – Narimon Umarov
Intervyu
−
06 aprel 2022
102822021 yil Oliy ta’lim muassasalarida qurilish tanlovlari o‘tkazishda 20 mlrddan ortiq davlat xaridlariga oid qonun talablari buzilgan. Bu haqda kecha, 5 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining yig‘ilishida Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Oliy ta’lim muassasalarida ham davlat xaridlari bilan bog‘liq qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Jumladan, Buxoro Davlat universiteti 348 mln so‘mlik moddiy boyliklarni qimmat narxlarda xarid qilgan. 232 mln so‘m mablag‘ maqsadsiz sarflanib, shartnomada ko‘rsatilmagan 246 mln so‘mlik jihozlar ham sotib olingan.
Bundan tashqari, qurilish tanlovlari o‘tkazishda 20 mlrddan ortiq davlat xaridlariga oid qonun talablari buzilgan. Shu kabi Buxoro Tibbiyot institutga qarashli akademik litsey binosini ta’mirlash bo‘yicha berilgan 28 mlrd so‘m e’lon bo‘yicha qurilish ishlari aslida bajarib bo‘lingani aniqlangan.
Yig‘ilishda qayd etilishicha, bu kabi holatlarning kelib chiqishiga insofsiz ijrochilar haqidagi ma’lumotlar maxsus axborot portalida yuritilmayotgani sabab bo‘lgan.
Narimon Umarovga ko‘ra, sohada jinoyat sodir etgan yoki insofsiz ijrochi sifatida e’tirof etilishi lozim bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarini qayta Davlat xaridlari jarayonida ishtirok etishga yo‘l qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, oxirgi uch yilda maxsus axborot portalida insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga bor yo‘g‘i 19 ta tadbirkorlik sub’ekti kiritilgan, vaholanki Respublika bo‘yicha tartib-taomilni buzgan 500 dan ortiq shaxsga nisbatan 272 ta jinoiy ish sudga yuborilgani reyestrini to‘liq ishlamayotganidan dalolat bergan.
LiveBarchasi