G‘o‘ddaygan Bosh vazir o‘rinbosarlari, soliqchilar va prokurorlarni tanqid qilgan Mirziyoyev, O‘zbekiston tarixiga kirgan Norboyeva va kunning muhim xabarlari sharhi

Jamiyat

image

Yakuniga yetayotgan 21 iyunning O‘zbekistonda va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqea-hodisalar tafsiloti 

Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vazirini qabul qildi.

Bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi.

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida o‘zaro manfaatli hamkorlik jadallashib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Тaнзилa Norboyeva kim, uning qanday o‘tmishi bor?

Bugun, 21 iyundan e’tiboran Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi sifatida ish boshladi. Bu kun mamlakat tarixida qolishi aniq. U O‘zbekiston tarixida Senat raisi bo‘lgan ilk ayol.

Tanzila Norboyeva Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1981 yilda  Toshkent davlat universitetini bitirgan, pedagogika fanlari nomzodi.  

Tanzila Norboyeva Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1981 yilda  Toshkent davlat universitetini bitirgan, pedagogika fanlari nomzodi.  

2010-2016 yillari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi lavozimida ishlagan.
2016 yildan 2019 yilning 21 iyuniga qadar O‘zbekiston Respublika Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

21 yashar qiz o‘z uyida o‘ldirib ketildi.

Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida 21 yashar ayol ayolning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi.

Joriy yilning 18 iyun kuni vaqtincha Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida ijarada yashagan 21 yoshli O‘.A. ismli ayolning jasadi qotillik alomatlari bilan uyidan topilgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni marhuma O‘.A.ning tanishi Mirzaobod tumani Bog‘iston mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan 26 yoshli A.I. rashk oqibatida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Prezident Surg‘il neft-gaz loyihasida bir qiz 80 million dollar pora olganini aytdi. U Karimova emasmi?

Bugun, 21 iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida ishtirok etgan Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda mavjud poraxo‘rlikni tanqid qilarkan, neft-gaz sohasida korrupsiya ancha avval ildiz otib ketganini aytdi.

“10 yildan oshiq davr mobaynida neft-gaz sohasida amalga oshirilgan loyihalarning 50 foizida korrupsiya bor.

Birgina Surg‘il neft-gaz loyihasida bir qiz 80 million dollar olgan! 80 million-a! Xalqni kim o‘ylaydi?”, dedi davlat rahbari.

Prezident qiz deya kimni nazarda tutgani ma’lum emas. QALAMPIR.UZ`ning taxminicha, poraxo‘rlikda ayblanayotgan qiz O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova.

Prokurorlar ham, soliqchilar ham – hammasi poraxo‘r – Mirziyoyev.

Bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuror lavozimida faoliyat yuritgan Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilganini ochiqladi.

“Mana, ikkinchi prokuror ham korrupsiyada ayblanib, jinoyat ishi ochildi. Men unga ishongandim. Kimgadir ishonib, uni prokuror lavozimiga qo‘ysamu u ertaga borib viloyat, tumandan 100-50 ming pora so‘raydi. Prokuraturaning o‘zida prokuror bo‘ladigan odam yo‘q, ular to‘da bo‘lib ketgan. Prokurorlar ham, soliqchilar ham hammasi poraxo‘r. Sobiq rahbarlar Abdullayev ham, Murodov ham katta muddat bilan ozodlikdan mahrum etiladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Otabek Murodovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi - Prezident.

Bugun, 21 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qatnashmoqda. Davlat rahbari o‘z nutqida 20 iyun kuni o‘z lavozimidan ozod etilgan Bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Tanzila Norboyeva Oliy Majlis Senati raisi bo‘ldi.

Bugun, 21 iyun kuni Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi etib tayinlandi.

Tanzila Norboyeva 2016 yildan joriy yilning 20 iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritdi.

AQSH-Eron: urushga bahona topildi. Putinning bunga munosabati.

AQSH fuqarolik aviatsiyasiga tegishli bo‘lgan razvedka droni Eron tomonidan urib tushirildi.

Vashington bu holatni tojavvuzga tenglashtirib, dron xalqaro havo hududida bo‘lganini ta’kidladi. AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 20 iyun kuni o‘zining tvitterdagi sahifasida “Eron juda katta xatoga yo‘l qo‘ydi”, deb post qoldirdi.

“AQSH muammoni hal etishda qurolli kuchlaridan foydalanishini istisno etmayapti. Men bu vaqtda mintaqaga minimal darajadagi falokat xavf solayotganini aytmoqchiman. Lekin o‘ylaymanki, tomonlar bunday urinishlar katta ehtimol bilan achinarli oqibatlarga olib kelishini o‘ylab ko‘radi”, deb aytib o‘tdi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing