Xalq ta’limi vazirligi akademiyasi paydo bo‘ladi
Jamiyat
−
20 Sentabr 2019
3602Ma’lumki, xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning ko‘pchiligi Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malaka oshiradi. Endilikda mazkur institut negizida Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi vazirligi akademiyasi tashkil etiladi.
Bu haqda shu yilning 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida aytilgan.
Bildirilishicha, Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov), Moliya vazirligi ikki oy muddatda xalq ta’limi xodimlarining kasbiy salohiyatini uzluksiz rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Bunda:
A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti negizida A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi vazirligi akademiyasini tashkil etish;
Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi hududiy xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari negizida Pedagogik mahorat institutlarini tashkil etish nazarda tutiladi.
LiveBarchasi