Si Szinpin 67 yoshni qarshiladi. Uni MOdan faqat Qirg‘iziston Prezidenti tabrikladi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bugun, 15 iyun kuni 67 yoshni qarshiladi. Unga Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlaridan faqat Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov tabrik yo‘lladi. 

"Sizning boy kasbiy va hayotiy tajribangiz do‘st Xitoy davlatining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan mustahkam poydevordir. 

Sizning tajribali rahbarligingiz ostida Xitoy o‘z kuchini birlashtirdi va COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashda katta yutuqlarga erishdi. 

Shu bilan birga, men Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan Qirg‘iziston Respublikasiga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ko‘rsatgan insonparvarlik yordami uchun samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Dunyoda koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat juda qiyin, ammo shunga qaramay, aminmanki, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan biz ushbu kasallikni yengamiz. 

Ishonchim komilki, yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlariga asoslangan qirg‘iz-xitoy munosabatlari xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlanib, mustahkamlanib boraveradi ”, deyiladi Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti tabrigida.  

Prezident Jeenbekov Si Szinpinga sihat-salomatlik, farovonlik va mas’uliyatli davlat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, do‘st Xitoy xalqiga tinchlik va farovonlik tilagan. 

Xitoy Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarining ham yaxshi do‘sti, ishonchli hamkori sanaladi. Biroq, ushbu mamlakat rahbarlarining Xitoy rahbariga tabrigi yuzasidan rasmiy ma’lumot berilganicha yo‘q. 


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin Sooronbay Jeenbekov

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing