“Chiroqchi voqeasi” effekti: IIB boshliqlari ishdan olindi, 2 nafari IIOdan haydaldi
Jamiyat
−
08 mart 2020
13724Kecha, 7 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov ishtirokida tanqidiy ruhda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, yig‘ilish vaqtida Chiroqchi tumanida IIB binosida tergov qilingan fuqaro vafot etishi voqeasi muhokama qilingan. Chiroqchi tumani IIB boshlig‘i Fazliddin Yusupov vazifasidan ozod etildi.
Shuningdek, Chiroqchi tumani IIB boshlig‘ining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Norbek Qobilov, Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Nodir Ismatov, Tergov bo‘yicha o‘rinbosari Dilshod Rasulov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
“Bundan tashqari, 1-o‘rinbosar Yunus Mingnorov, 4-sonli IIO FMB katta profilaktika inspektori Sherzod Rahmonov ichki ishlar organlari safidan chetlashtirildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, Joriy yilning 23 yanvar kuni soat 01:50 da Chiroqchi tumanning Langar qishlog‘ida sodir etilgan chorva mollari o‘g‘riliklarini fosh etish borasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida o‘g‘irlikda gumon qilinib Chiroqchi tumani IIO FMB binosiga olib kelingan Yu.A vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 23 yanvar kuni Chiroqchi tumani IIO FMBning 2 nafar xodimiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harkatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan edi.
Shundan so‘ng, ushbu voqea keng jamoatchilik diqqat markaziga tushdi va turli fikr-mulohazalar bildirildi. Jumladan, IIV Matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov hodisaga shunday munosabat bildirdi: “IIB binosida odam o‘lishi yangilik emas, bu tabiiy holat, oldin ham bo‘lgan. Ayrimlar o‘z joniga qasd qiladi, ayrimlarning tobi qochib qoladi. Bu holat ichki ishlar vazirligi tomonidan nazoratga olinadi. Chiroqchidagi voqeadan so‘ng ham ertasi kuniyoq IIV vakillari yetib kelgan. Tekshirish boshlangan. Oldindan tekshirmasdan turib baholashga haqqimiz yo‘q. Odam aybdorligini faqat sud belgilaydi”.
G‘iyosovning izohidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev shokka tushganini yashirib o‘tirmadi: “Bugun men uchun hammasidan ham g‘alati va shok xabar ichki ishlar vaziri matbuot kotibining quyidagi gaplari bo‘ldi”.
Shundan so‘ng, IIV mulozimi Kusherboyevga javob qaytardi.
LiveBarchasi