Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Kecha, 14 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga yetib kelgach, Millat saroyida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari jadal sur’at bilan rivojlanib, tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zaro siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli strategik sheriklik tamoyillari amalda ro‘yobga chiqarilayotgani qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, qo‘shma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari ilgari surilmoqda. Hududlar darajasida faol muloqot yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari Tojikiston Prezidentiga OHICHK sammiti doirasidagi tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Tojikiston Imomali Rahmon

Baholaganlar

13

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing