Hukumat qarori: OTMga kirish imtihonlari 10 kun davomida 3 ta fandan o‘tkaziladi
Jamiyat
−
17 iyun 2019
8578O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, turk tilini chet tili sifatida o‘qigan abituriyentlar ham mazkur tildan ko‘p balli baho tizimi bo‘yicha imtihon topshiradilar.
Endilikda OTMlarga hujjat topshirishda 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma talab qilinmaydi.
Cirtqi ta’limga hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari 16 avgustdan 25 avgustgacha kamida 3 ta fandan o‘tkaziladi.
Yozma imtihonlar shifrlangan holda tekshiriladi.
Imtihonlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq keluvchi 3 ta fandan to‘planishi kerak bo‘lgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning o‘rniga qarab uning uchun ajratilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizgacha bo‘lgan oraliqda baholanadi.
Natijalar imtihondan keyin 1-3 kunda ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi.
O‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish har yili 15 yanvardan 25 yanvargacha davom etadi. Ilgari 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar edi.
LiveBarchasi