Medvedev RF Hukumati nega iste’foga chiqqanini tushuntirdi

Olam

image
Medvedev yangi lavozimga tayinlandi north_east

Medvedev yangi lavozimga tayinlandi

Rossiya Federatsiyasining sobiq Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Hukumatning iste’foga ketishi sabablarini tushuntirdi. 

Medvedev RF Prezidenti Vladimir Putinning Federal yig‘inga yo‘llagan murojaati shunday qilishga undaganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Putin Federal yig‘inga murojaatida siyosiy tizimni yangilash bo‘yicha katta ko‘lamli vazifalarni belgilab berdi.

“Davlat rahbari barcha qarorlarni qabul qilishi uchun ularni muhokama qilishda mutlaq erkin bo‘lishi hamda ularni biror-bir omil, jumladan hukumat omiliga qarab o‘tirmasdan qabul qila olishi lozim”, degan Medvedev.

Medvedev Rossiya Hukumatini umumiy hisobda deyarli 8 yil boshqargani va bu katta muddat ekanini eslatib o‘tgan. Shuningdek, hukumat iste’fosiga mutlaq xotirjam munosabatda bo‘lish lozimligini qo‘shimcha qildi.

“Bunda g‘ayritabiiy narsa yo‘q. Bu butun dunyoda yuz beradi, jumladan bizning davlatda ham yuz berdi”, deb aytgan sobiq Bosh vazir.

Medvedev Hukumat ishining samarali tashkillashtirilgani va yillik inflyatsiyaning 13-15 foizdan 3 foizgacha tushirilganini Bosh vazir sifatidagi faoliyatining yutug‘i ekanini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 yanvarida Medvedev Putinning Federal yig‘inga murojaatidan keyin u boshchiligidagi Hukumat to‘liq tarkibda iste’foga ketishini ma’lum qilgan.

Putin Medvedev o‘rniga Federal soliq xizmati rahbari Mixail Mishustin nomzodini Bosh vazirlikka ilgari surdi va u RFning yangi Hukumat raisi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

iste'fo Dmitriy Medvedev

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing