Afsonaviy “Marakana” stadionidan boshqa maqsadda foydalanish boshlandi

Sport

image
Olimpiada o‘yinlarini qoldirilishi qanchaga tushadi? north_east

Olimpiada o‘yinlarini qoldirilishi qanchaga tushadi?

78 ming kishini o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan Rio-de-Janeyrodagi mashhur "Marakana" stadioni shifoxonaga aylantiriladi. Ushbu stadionga  koronavirusga chalingan bemorlar joylashtiriladi. Bu haqda bugun, 26 mart kuni CNN xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ayni jarayon Braziliyaning "Korintians", "San-Paulu", "Botafogo" va "Santos" futbol klublarining uy stadionlari bilan ham amalga oshiriladi. Hozirda Braziliyada ko‘pgina noroziliklardan so‘ng futbol uchrashuvlari to‘xtagan.

Futbol bo‘yicha Braziliya chempionatidagi o‘yinlar uzoq vaqtdan beri to‘xtatilmayotgan edi. Bu sportchi va murabbiylarning noroziligiga sabab bo‘ldi. "Gremio" futbol klubi o‘yinlarning birida norozilik sifatida maydonga tibbiy niqoblar bilan kirib keldi. Shundan so‘ng, barcha o‘yinlar to‘xtatildi.

Ma’lumot uchun, "Marakana" stadionida 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimlari va 2014 yilgi Jahon chempionati o‘yinlari o‘tkazilgan. Stadion dunyodagi eng katta o‘yingohlardan biri sanaladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada 2 563 nafar odamda koronavirus aniqlangan. Ularning 60 nafari ushbu kasallik sabab vafot etgan, 6 nafari esa kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Koronavirus Marakana

Baholaganlar

142

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing