Chilonzordagi dorixonadan sotuvchini do‘pposlab, 18 millionni o‘marishdi
Jamiyat
−
04 dekabr 2019
10891Poytaxt Toshkentda yuzlarini tibbiyot niqobi bilan berkitgan bir guruh jinoyatchilar joriy yilning 21 noyabr kuni dorixonani o‘marganlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
21 noyabr kuni taxminan soat 01:10 larda, 26 yoshli N.M., 25 yoshli I.X. va 23 yoshli N.I.lar o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, yuzlarini tibbiyot niqobi bilan berkitgan holda, Chilonzor tumani 18 mavzedagi MCHJga qarashli dorixonaga kirib, sotuvchi 28 yoshli X.M.ning yuziga urib, sumka ichidagi 16.500.000 so‘m va kassadagi 1.500.000 so‘m pullarni qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida I.X. jinoiy sheriklari bilan birga ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida I.X., N.M. va N.I. larga nisbatan JKning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi