Ozarbayjondagi O‘zbekiston elchixonasi Rossiyaga yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi ayrim o‘zbekistonlik yuk tashuvchi haydovchilarning Rossiya hududiga kiritilmayotganining sababini ma’lum qildi.

Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi paytlarda “Verxniy Lars” Rossiya-Gruziya chegara-nazorat o‘tkazish maskanida mamlakatimizning haydovchilik bilan shug‘ullanadigan fuqarolarini Rossiyaga kiritmaslik holatlari ko‘paygan. Buning sababi – ushbu fuqarolar Rossiya tomonidan deportatsiya qilinganlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib chiqmoqda

Shu bois diplomatik vakolatxona xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi o‘zbekistonlik haydovchilarni xorijga, xususan, Rossiya Federatsiyasiga yo‘lga chiqishdan oldin ushbu mamlakatdan deportatsiya qilingan chet elliklar ro‘yxatiga tushgani yoki tushmagani haqidagi ma’lumotga aniqlik kiritish zarurligi haqida ogohlantirgan.

“Elchixona O‘zbekistonning bunday vaziyatga tushib qolgan fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatish va ularning manfaatlarini himoya qilish borasida maqsadli sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

688

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing