Ozarbayjonning Londondagi elchixonasiga hujum qilindi. Baku kafolat talab qilyapti

Olam

image

Ozarbayjonning Londondagi elchixonasi binosiga bir guruh noma’lum shaxslar tomonidan hujum uyushtirildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

"Elchixona binosiga kirib borgan hujumchilar binoda bir qator vandalizm xatti-harakatlarini sodir etgan, balkonga diniy bayroqlarni osib qo‘ygan, radikal diniy shiorlarni aytib hayqirgan. Elchixona xodimlari jabrlanmagan", deyiladi xabarda. 

Diplomatik departamentga ko‘ra, politsiyaning aralashuvidan so‘ng hujum qilganlar elchixona binosidan chiqarib yuborilgan va qo‘lga olingan.  

“Hodisa huquq-tartibot idoralari tomonidan tergov qilinmoqda”, deyiladi TIV xabarida.  

Vazirlik Buyuk Britaniyaga Vena konvensiyasiga muvofiq diplomatik vakolatxonalar binolari xavfsizligini ta’minlash zarurligi to‘g‘risida ogohlantirish yuborilganini ma’lum qildi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi hujum munosabati bilan Buyuk Britaniyaning mamlakatdagi vaqtinchalik ishlar vakiliga norozilik bildirdi.  

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning Bakudagi muvaqqat ishlar vakili Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Hujum munosabati bilan unga keskin norozilik bildirildi. 

TIV ma’lumotlariga ko‘ra, britaniyalik diplomatga ushbu provokatsiya “diplomatik missiya xavfsizligini ta’minlash muammosini jiddiy ravishda ochib bergani va qabul qiluvchi davlat xalqaro huquqiy majburiyatlariga muvofiq xavfsizlik choralarini ko‘rishi kerakligi” aytilgan.  

“Bunday voqealar boshqa takrorlanmasligi uchun kafolatlar talab qilindi”, deyiladi xabarda. 

Bundan tashqari, Buyuk Britaniyaning tegishli organlari tomonidan sodir etilgan buzg‘unchilik harakatini to‘liq tekshirish va aybdorlarni javobgarlikka tortish talabi qo‘yilgan. 

O‘z navbatida, britaniyalik diplomat voqea yuzasidan taassuf va xavotir bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tergov harakatlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

243

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing