Ozarbayjonning Ganja shahrida O‘zbekistonning faxriy konsulxonasi ochildi
Jamiyat
−
22 aprel
2190Ozarbayjonning qadimiy shaharlaridan biri – Ganjada O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi birinchi faxriy konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston faxriy konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi Ganja shahar ijro hokimiyati boshlig‘i Niyazi Bayramov, Ganja shahridagi Turkiya va Gruziya Bosh konsulxonalari rahbarlari, ishbilarmon doira vakillari, ilm-fan namoyandalari, faol o‘zbekistonliklar va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning Ozarbayjondagi birinchi faxriy konsuli etib Kyanan Jalilov tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 11 dekabr kuni Qatar poytaxti Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochilgandi. Joriy yilning 19 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida mamlakatning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi