Ozarbayjonni bosib olishga chaqirgan fransuz siyosatchilariga javob qaytarildi
Olam
−
29 dekabr 2022 10833 1 daqiqa
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi kecha, 28 dekabr kuni Fransiya elchisiga mamlakat parlamentida vakili bo‘lgan siyosiy kuchlarning Ozarbayjonga qarshi murojaatlari munosabati bilan norozilik notasini topshirdi. Bu haqda Ozarbayjon TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“28 dekabr kuni Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi Ann Buyon Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasi topshirildi. Uchrashuvda Fransiya hukumatining zarur reaksiya ko‘rsatilmagani fonida Fransiyaning turli siyosiy kuchlari tomonidan Ozarbayjonga qarshi tuhmat kampaniyasi kengayganidan chuqur xavotir bildirildi. Shu nuqtai nazardan, Fransiya parlamentida vakillik qilgan siyosiy kuchlar yetakchilari nomidan Fransiya Prezidentiga yo‘llangan maktubda keltirilgan asossiz ayblovlarning qabul qilinmasligi, bu borada choralar ko‘rishga chaqirilgan”, deyiladi xabarda.
Tashqi ishlar vazirligi ushbu maktub Ozarbayjonga qarshi maqsadli va tizimli ravishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar va bayonotlar, jumladan, Ozarbayjonga qarshi Fransiya parlamenti tomonidan qabul qilingan asossiz ayblovlarga to‘la rezolyutsiyalarning davomi ekanligini aytmoqda.
“Ozarbayjon tomoni Fransiya hukumati Ozarbayjonga qarshi kampaniyani zudlik bilan to‘xtatish uchun tegishli choralar ko‘rish zarurligini e’tiborga oldi”, deyiladi xabarda.
O‘tgan hafta “Le Monde” gazetasi fransuz parlamentariylarining prezident Emmanuel Makronga ochiq xatini chop etib, unda ular Armanistonni protektorat ostiga olish va Qorabog‘ni egallash uchun Ozarbayjonni bosib olishga chaqirdi.
Live
Barchasi