Ozarbayjon gazini Suriyaga berish boshlandi

Olam

image

Kecha, 1 avgust kuni Turkiyaning Kilis shahrida Ozarbayjon gazini Turkiya orqali Suriyaga tashishning boshlanishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Oxu.Az” xabar berdi.

Tadbirda Ozarbayjon, Turkiya, Suriya va Qatar hukumati vakillari hamda ushbu davlatlarning rasmiy vakillari ishtirok etdi.

Birinchi bosqichda Suriyaga yiliga 1,2 milliard kub metr gaz eksport qilish rejalashtirilgan. Bu ko‘rsatkich kuniga 6 million kub metrga ko‘tarilib, yiliga 2 milliard kub metrga yetkaziladi. Moviy yoqilg‘i Turkiya bilan chegaradosh Kilis shahri orqali Aleppo va Homsdagi elektr stansiyalariga yetkaziladi va u yerda elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ushbu loyiha tufayli Suriya 1200-1300 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarishga erishishni kutmoqda.

Nashrga ko‘ra, Turkiya orqali yuborilgan Ozarbayjon gazi allaqachon Suriya hududiga yetib borgan.

Eslaatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon tabiiy gazi joriy yilning 1 avgustidan boshlab Turkiya janubidagi Kilis viloyati orqali Suriyaga yetkazilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya tabiiy gaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing