Ozarbayjon 1 avgustdan Suriyaga gaz yetkazib berishni boshlaydi
Olam
−
24 iyul 2858 1 daqiqa
Ozarbayjon tabiiy gazi joriy yilning 1 avgustidan boshlab Turkiya janubidagi Kilis viloyati orqali Suriyaga yetkaziladi. Bu haqda Turkiyaning “Yeni Shafak” nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, dastlabki bosqichda Ozarbayjon Suriyaga har yili 1 milliard kub metr tabiiy gaz jo‘natadi. Bu ko‘rsatkich kuniga 6 million kub metrga ko‘tarilib, yiliga 2 milliard kub metrga yetkaziladi.
Nashrning yozishicha, gaz Suriyaga Turkiya chegarasi orqali kiradi hamda Halab, Homsdagi elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Taxminan 1200-1300 megavatt elektr quvvatiga hissa qo‘shadigan bu tashabbus Suriya uchun muhim burilish nuqtasidir.
Bildirilishicha, Ozarbayjon tomonidan amalga oshirilgan loyiha Suriyaning qulab tushayotgan elektr infratuzilmasini jonlantirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Suriya Arab Respublikasining muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara 12 iyul kuni amaliy tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasiga borib, mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashgandi.
Marjona Murodova
Live
Barchasi