Ozarbayjonlik ayol metroda farzandli bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 8 avgust kuni Baku shahridagi metroning “20 yanvar” bekatida yo‘lovchi ayol farzandli bo‘ldi. Bu haqda “Oxu.az” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ona farzandini dunyoga keltirish chog‘ida unga metro xodimlari birinchi yordam ko‘rsatgan. Tez yordam kelgach, tug‘uruq amalga oshirilgan va ona hamda chaqaloq shifoxonaga yetkazilgan. 

U yerda ularga zudlik bilan zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 2005 yilda tug‘ilgan ona homiladorlik patologiyasi bo‘limiga joylashtirilgan bo‘lib, uning ahvoli barqaror deya baholangan.

Biroq 36-haftada muddatidan oldin tug‘ilgan o‘g‘il chaqaloqning ahvoli qoniqarli emas. Og‘irligi 2200 gramm, bo‘yi 47 sm bo‘lgan go‘dak reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan. Hozirda u shifokorlar nazoratida. 

Mahalliy nashrlarga ko‘ra, metroda tug‘ilgan bola “maxsus yo‘lovchi” maqomini oladi. Unga 25 yoshga to‘lgunga qadar metroda bepul yurish huquqi beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida ayol avtobus bekatida farzand ko‘rgandi. Tug‘ilish tushlik paytida, ayol avtobus kutayotganida yuz bergan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tug‘uruq jarayoni juda tez boshlangan. Shu sababli ayol tug‘uruqxonaga yetib borishga ulgurmasdan, farzandini avtobus bekatida dunyoga keltirishga majbur bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon metro 20 yanvar'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing