Ozarbayjondagi katta zalda tomoshabinlarsiz konsert taqdim etildi (video)

Olam

image

Kecha, 10 may kuni Ozarbayjonda milliy yetakchi Haydar Aliyev tavalludining 97 yilligi nishonlandi. Har yil katta tantanalar bilan o‘tkaziladigan ushbu bayram koronavirus pandemisi sabab ilk bor o‘zgacharoq tartibda bo‘lib o‘tdi.

Haydar Aliyev tavallud kuni bu haqiqiy xalq bayrami hisoblanadi. Odatda shu kuni konsert dasturlari va sayllar o‘tkaziladi. Ammo bu yil an’anada o‘zgarish bo‘ldi. Ommaviy tadbirlar bekor qilindi.

An’anaga ko‘ra, qilingan yagona ish Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Birinchi xonim – vitse-prezident Mehribon Aliyeva bilan milliy yetakchining qabriga borib, gulchambar qo‘ygani bo‘ldi.

Shu kuni Ozarbayjon va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ochilgan Haydar Aliyev madaniyat markazida konsert dasturlari tashkil etilardi. Konsert bu yil ham o‘tkazildi, ammo onlayn shaklda. Dirijyor konsert zalidan uyida turgan orkestr a’zolarini boshqarib bordi. Konsertda chiqish qilgan xonandalar ham qo‘shiqni konsert zalidan ijro etdi.

Haydar Aliyev sevib tinglagan ozarbayjonlik taniqli bastakorlarning kompozitsiyalarini musiqa va madaniyat oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari ijro etishdi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Mehriban Aliyeva (@firstvicepresidentazerbaijan)

Ma’lumot o‘rnida, Haydar Aliyev 1923 yil 10 may kuni tug‘ilgan. U Ozarbayjonning uchinchi prezidenti. Haydar Aliyev 1993-2003 yillarda mamlakatga rahbarlik qilgan. Aliyev zamonaviy Ozarbayjonning “me’mori” hisoblanadi. U mamlakat iqtisodi inqirozga uchragan va fuqarolik urushi avj olgan vaqtda hokimiyatga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Haydar Aliev

Baholaganlar

21

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing