Ozarbayjonda ta’lim muassasalari koronavirus tufayli yopiladi

Olam

image
Koronavirusga chalinganlar 100 mingdan oshdi. U AQSHning biologik qurolimi? north_east

Koronavirusga chalinganlar 100 mingdan oshdi. U AQSHning biologik qurolimi?

Ozarbayjon Respublikasi ta’lim muassasalari mamlakatda koronavirus tarqalishi xavfi tufayli 27 martga qadar yopiladi. Bu haqda bugun, 7 mart kuni RIA Novosti agentligi xabar berdi.

Avvalroq, darslarni 10 martgacha to‘xtatishga qaror qilingan edi. Vaziyat yomonlashgani bois Vazirlar Mahkamasi tomonidan bu muddat uzaytirildi.

"Ozarbayjon hududida COVID-19 koronavirusining tarqalish xavfining oldini olish uchun shoshilinch choralar davom etmoqda. Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, infeksiyaning oldini olish va tibbiy-profilaktika, dezinfeksiyalash va boshqa chora-tadbirlar mamlakatning barcha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Shu sabab, 27 martga qadar darslar to‘xtatib turiladi”, deb ta’kidladi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tezkor shtab.

Respublikada to‘qqiz kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Virusga chalinganlardan biri chet el fuqarosi hisoblanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar 103 882 nafarni tashkil qilmoqda. Ushbu kasallikdan 35 22 kishi vafot etdi. 58 464 bemor esa shifo topgan. Bemorlarning 6 138 nafari yoki 15 foizi og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ta'lim Ozarbayjon Koronavirus

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing