Ozarbayjonda maxsus karantin rejimi uzaytirildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ozarbayjon rasmiylari mamlakatdagi maxsus karantin rejimini 1 sentyabrga qadar uzaytirdi. Tegishli farmon payshanba kuni mamlakat Bosh vaziri Ali Asadov tomonidan imzolandi.

“Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi va uning ehtimoliy oqibatlarining oldini olish uchun Ozarbayjon Respublikasida maxsus karantin rejimining amal qilish muddatini 2021 yil 1 sentyabr soat 6:00 gacha uzaytirilsin”, deyiladi hukumat saytida e’lon qilingan hujjatda.

Avvalroq mamlakatda maxssus karantin rejimining amal qilish muddati 1 avgustgacha o‘rnatilgandi.

Hukumat qarori bilan jamoat transporti, shu jumladan Baku metrosi 30 avgustgacha shanba va yakshanba kunlari ishlamaydi. Shunga qaramay, ochiq havoda jamoat joylarida himoya niqoblarini taqish shart emas. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon karantin

Baholaganlar

38

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing