Ozarbayjonda karantin muddati uzaytiriladi
Olam
−
16 yanvar 2021
2333COVID-19 koronavirus infeksiyasi pandemiyasi sababli Ozarbayjonda joriy qilingan maxsus karantin rejimi 2021 yil 1 aprelgacha uzaytiriladi. Bu haqda “Haqqin.az” Internet portali mamlakat vazirlar mahkamasi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab bayonotiga asoslanib xabar berdi.
Shu bilan birga, Hukumat 18 yanvardan boshlab maxsus karantin rejimi ostida kiritilgan cheklovlarning bir qismini yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Xususan, 18 yanvar yarim tundan boshlab Baku, Sumgait, Ganja, Mingachevir, Shirvon va Absheron viloyatlari, shuningdek, Lankaran, Masalli, Jalilobod, Sheki, Zagatala, Guba, Xachmaz, Yevlax, Bardada harakatlanish uchun ruxsatnomalar tizimi bekor qilinadi.
Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda koronavirus 226 549 nafar odamda aniqlangan. Xuddi shu davrda 2983 kishi vafot etgan.
LiveBarchasi