Ozarbayjonda harbiy vertolyot quladi. Oqibatda 14 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
30 noyabr 2021
5070Bugun, 30 noyabr kuni Ozarbayjon Davlat chegara xizmatiga tegishli (DCHX) vertolyotning qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi. Bu haqda Davlat chegara xizmati rahbari o‘rinbosari Ilhom Mehdiyev ma’lum qildi.
“Falokat oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan APA axborot agentligi. Davlat chegara xizmati Matbuot xizmati halok bo‘lganlar va yaradorlar ro‘yxatini e’lon qilgan.
O‘z navbatida, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tabiiy ofatda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi, deya xabar berildi davlat rahbari saytida.
Dastlab, Davlat chegara xizmati va respublika Bosh prokuraturasi Ozarbayjon Davlat chegara xizmatiga qarashli harbiy vertolyotning Boku yaqinidagi Xizi viloyatidagi Gareybat aerodromida o‘quv parvozlari vaqtida halokatga uchragani haqida ma’lumot tarqatgan edi.
LiveBarchasi