Ozarbayjon va Armanistonning “yarash oshi” pishay deb qoldi. Bosh oshpaz – Amerika!

Olam

image

Kecha, 29 iyun kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken, Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari Jayhun Bayramov va Arorat Mirzoyan o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Arlingtondagi Jorj Shuls nomidagi tashqi ishlar milliy o‘quv markazida bo‘lib o‘tgan muzokaralarning yakuniy yig‘ilishida so‘zga chiqqan Blinken, uchrashuvda bo‘lajak kelishuvning ayrim moddalari kelishib olingani, shuningdek, ba’zi bir yechimlarni topmagan masalalar bo‘yicha pozitsiyalar chuqur tushunilganini bildirdi.

AQSH Davlat departamenti rahbari “hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p” ekanini tan oldi, lekin muzokaralar davomida ishtirokchilar tomonidan ko‘rsatilgan “ochiqlik, shaffoflik,  to‘g‘ridan-to‘g‘rilik ruhi”ni yuksak qadrlashini ta’kidladi.  

“Bu o‘zaro tushunish va pirovardida kelishuvga erishish yo‘lidir”, deydi Davlat kotibi.

Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bir necha hafta ichida Yevropa Ittifoqi vakillari bilan uchrashishi kutilmoqda, unda tomonlar yaqin haftalar va oylarda yakuniy kelishuvga erishishga intiladi. 

Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari joriy yilning 26 iyun kuni muzokaralar uchun AQSHga keldi. Entoni Blinken vazirlarning har biri bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi va ikkalasi bilan ham qo‘shma yig‘ilishda qatnashdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Qorabog' Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing