Ozarbayjon O‘zbekistonga yangi elchisini tayinladi
Jamiyat
−
27 iyul 1410 1 daqiqa
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasining mamlakatdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Rashad Mamedovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p asrlik qardoshlik rishtalari, mushtarak tarixiy hamda madaniy ildizlarga asoslangan munosabatlar, shuningdek, davlat rahbarlari o‘rtasidagi ishonchli muloqot tufayli strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalari izchil rivojlanayotgani ta’kidlangan.
Tomonlar siyosiy muloqotning yuqori sur’atini saqlab qolish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, transport va logistika sohalaridagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalarini muhokama qilgan.
Shuningdek, Rashad Mamedovning diplomatik tajribasi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda hamkorlikni yangi amaliy natijalar bilan boyitishga xizmat qilishi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasining mamlakatdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Mudassir Tipuning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilgandi.
Live
Barchasi