Ozarbayjon Ukrainaga qurol yetkazib berishi mumkin

Olam

image

Rossiya armiyasi Ukrainadagi Ozarbayjon gaz inshootlariga hujum qilishda davom etsa, Baku Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib, “Caliber” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kecha, 10 avgust kuni Ozarbayjon va Ukraina Prezidentlari Ilhom Aliyev va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi telefon muloqoti chog‘ida Rossiya Qurolli kuchlarining Ozarbayjon gazi tranzit orqali o‘tiladigan Ukraina gaz infratuzilmasiga bergan zarbalari muhokama qilingan. Bundan tashqari, SOCAR'ning Odessadagi Ozarbayjon neft bazasiga zarba berilgani xabar qilingan.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, rossiyaliklar so‘nggi paytlarda Ukraina hududida joylashgan Ozarbayjon energetika ob’ektlariga ataylab zarba bermoqda. Agar ob’ektlarga hujumlar to‘xtamasa, Baku bunga javoban og‘riqli choralar ko‘radi.

8 avgustga o‘tar kechasi Rossiya Odessa viloyatidagi Ozarbayjonning SOCAR neft kompaniyasining neft omboriga hujumchi dronlari bilan zarba berdi. Hujum oqibatida yong‘in kelib chiqqan, dizel yoqilg‘isi quvuri shikastlangan, jabrlanganlar haqida xabar berilgan.

Bungacha Rossiya armiyasi Ukrainaning Ruminiya bilan chegarasi yaqinida – Odessa viloyatining Orlovka shahridagi gaz transporti infratuzilmasiga hujum qilgan. Ushbu stansiya orqali Ukrainaga AQSH va Ozarbayjondan gaz yetkazib berilmoqda. Ozarbayjon gazi ham stansiya orqali Yevropaga yetkazib berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon qurol Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing