Ozarbayjon Turkiya fuqarolari uchun viza tartibini bekor qildi

Olam

image

Kecha, 1 sentyabr kuni  Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasidagi viza rejimi bekor qilindi, deya xabar bermoqda RIA Novosti. 

Endilikda Turkiya fuqarolarining bu mamlakatda vizasiz qolishi 30 kunni tashkil etadi.

2007 yilda Anqara bir tomonlama  Ozarbayjon fuqarolari uchun viza tartibini bekor qilgandi. Hozirgi kunda Ozarbayjon fuqarolarining Turkiyada vizasiz davri 30 kunni tashkil etadi.

Shu yilning 25 iyul kuni Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi viza tartibining bekor qilinishi munosabati bilan Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga nota yuborgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Ozarbayjon

Baholaganlar

22

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing