Ozarbayjon TIV rahbari Baxtiyor Saidovga Armanistondan nolidi
Olam
−
01 mart
5064Ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan Antaliya diplomatik forumi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi. Bu haqda Ozarbayjon TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb kun tartibiga doir masalalar, shuningdek, Qorabog‘ mojarosidan keyingi davrdagi mintaqaviy vaziyat muhokama qilingan.
"Jayhun Bayramov Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik, siyosiy, iqtisodiy, savdo, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, keyingi paytlarda jadal davom etayotgan oliy darajadagi muloqotlar natijasida sohalarda ko‘p qirrali aloqalar rivojlanib borayotgani mamnuniyat baxsh etishini ta’kidladi", deyiladi manbada.
Uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar, ayniqsa, Ozarbayjon uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va hamjihatlikka asoslangan hamkorlikni davom ettirish zarurligi qayd etilgan.
Qolaversa, joriy yilda Ozarbayjonda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi (COP29) ishtirokchilari konferensiyasining 29-sessiyasi bo‘lib o‘tishi va bu borada qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishda rasmiy Baku hamkorlik qilishga tayyor ekanligini urg‘ulagan.
Armanistonning keyingi paytlarda tobora kuchayib borayotgan siyosiy va harbiy provokatsiyalarini eslab o‘tgan Bayramov mavqedoshiga mojarodan keyingi davrda mintaqada olib borilgan keng ko‘lamli restavratsiya va qurilish ishlari, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish yo‘lida tashlangan qadamlar, mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka tahdid solayotgan muammolar haqida batafsil ma’lumot bergan va Armanistonning chegara hududlarida harbiy amaliyotlar olib borishi, tajovuzkor chiqishlari tinchlik jarayoniga tahdid solayotganini ta’kidlagan.
Baxtiyor Saidov Ozarbayjonni COP29 ga mezbonlik qilgani bilan tabriklab, ushbu nufuzli tadbirni tashkil etishda muvaffaqiyatlar tilagan va shu bilan birga, O‘zbekiston bo‘lajak tadbirning yuqori saviyada o‘tishi uchun o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanligini bildirgan.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar ham muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 fevral kuni O‘zbekiston TIV rahbari Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashgan edi.
LiveBarchasi