Ozarbayjon TIV rahbari AQSHga boradi
Olam
−
26 iyun 2023
3526Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning taklifiga binoan Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrif bilan boradi.
Ozarbayjon diplomatik idorasi matbuot xizmatining xabar berishicha, tashrif doirasida AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida “tinchlik va davlatlararo munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risida ikki tomonlama bitim” loyihasi bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi boshida Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari Ararat Mirzoyan Vashington chekkasida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken vositachiligida uchrashib, Yerevan va Baku o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha kelishuvga oid navbatdagi muhokamalar raundini o‘tkazgandi. May oyi o‘rtalarida esa ikki davlat yetakchilari Prezident Ilhom Aliyev va Bosh vazir Nikol Pashinyan Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel vositachiligida Bryusselda uchrashdi. Sharl Mishel Baku va Yerevan Ozarbayjonning Naxchivan Muxtor Respublikasi bilan segmentda temir yo‘l aloqasini tiklash masalasi bo‘yicha kelishuvga yaqin turganini aytdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Pashinyan Rossiya yetakchisi Vladimir Putin vositachiligida 25 may kuni Moskvada Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaralar o‘tkazishini aytdi.
LiveBarchasi