Ozarbayjon Rossiya fuqarolarining mamlakatda bo‘lish muddatini qisqartirdi

Olam

image

Ozarbayjon hukumati Rossiya fuqarolari uchun mamlakat hududida vaqtincha bo‘lish muddatini yiliga 90 kunga qisqartirdi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu qarorni mamlakat Bosh vaziri Ali Asadov imzolagan.

“Rossiya Federatsiyasi fuqarolari va ushbu mamlakatda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Ozarbayjon Respublikasida vizasiz tartibda bo‘lish muddati bir kalendar yil ichida 90 kundan oshmasligi kerak”, deyiladi hujjatda.

Mazkur o‘zgarishlar 2025 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi. Rossiya TIVga ko‘ra, Ozarbayjonning bu qarori mamlakatning o‘z huquqi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili bir necha kun oldin bayonot berib, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga binoan 2025 yilning 1 yanvaridan boshlab, Rossiya hududida xorijiy fuqarolarning vaqtinchalik qolish muddati bir kalendar yil davomida atigi 90 kunni tashkil etishini ma’lum qilgan. U shuningdek, xorijiy fuqarolar Rossiya davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab 7 ish kuni ichida turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi kerakligini ta’kidlagan. Amaldagi qoidalarga muvofiq, bu muddat 180 kun ichida 90 kunni va bir yilda 180 kunni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon hukumati “yaqin orada” Rossiya fuqarolari uchun mamlakat hududida bo‘lish qoidalarini o‘zgartirishi xabar qilingandi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bu qarorni tenglik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga amal qilishi bilan izohlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing