Ozarbayjon prezidentligiga da’vogarlar soni 16 nafarga yetdi
Olam
−
30 dekabr 2023
6974Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi (MSK) yana bir prezidentlikka da’vogarning nomzodini ma’qulladi. Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, MSKning bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida bu haqda tegishli qaror qabul qilingan.
Komissiya kotibi Arifa Muxtorovaning taqdimotiga ko‘ra, prezidentlikka so‘nggi bor Haydar o‘g‘li Safarovning nomzodi tasdiqlangan.
Shunday qilib, Ilhom Aliyev (hukmron "Yangi Ozarbayjon" partiyasi tomonidan), Fozil Mustafo ("Buyuk tuzilma" partiyasi), Elshod Musayev ("Buyuk Ozarbayjon" partiyasi), Gudrat Hasanguliyev ("Butun Ozarbayjon Xalq fronti" partiyasi), Razi Nurullayev ("Milliy front partiyasi"), o‘zlari tomonidan nomzodi ko‘rsatilgan Sarvan Karimov, Matlab Mutallimli, Abutolib Samadov, Fikret Yusifov, Yusif Bag‘irzoda, Arzuman Abdulkarimov, Yunus O‘g‘uz, G‘ulomhusayn Alibeyli, Zohid O‘ruj va Fuad Aliyev 2024 yil Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida bellashadi.
Eslatib o‘tamiz, 23 dekabr kuni Amir Temur haqida kitob yozgan jurnalist prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi ekani haqida xabar bergan edik va u ham MSK tarafidan tasdiqlangan.
LiveBarchasi