Ozarbayjon Lochin yo‘lagida nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatdi. Armaniston esa Rossiyaning aralashuvini kutmoqda
Olam
−
24 aprel 2023
4177Baku Armanistonni (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘laydigan yagona yo‘lda – Lochin yo‘lagida nazorat-o‘tkazish punkti o‘rnatdi. Bu haqda Ozarbayjon Davlat chegara xizmati ma’lum qildi.
Rasmiy Baku nazorat-o‘tkazish punkti orqali u yerdan inson, qurol-yarog‘ va minalarning noqonuniy olib o‘tilishiga qarshi kurashishini ta’kidlagan. Armaniston esa Ozarbayjonning bunday harakatidan norozilik bildirgan.
“Ozarbayjon hukumati 2020 yil 10 noyabrdagi Uch tomonlama bayonotga zid ravishda Armaniston tomonining Lochin-Xonkendi yo‘lidan noqonuniy maqsadlarda muntazam va keng ko‘lamda foydalanayotgani va bundan kelib chiqadigan xavfsizlikka tahdidlarni hisobga olib, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi chegarada nazorat o‘rnatish bo‘yicha tegishli choralar ko‘radi”, deyiladi Ozarbayjon TIV bayonotida.
Yerevan esa Lochin yo‘lagidagi Xakari ko‘prigidagi nazorat-o‘tkazish punkti 2020 yilgi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini qo‘pol ravishda buzayotganini da’vo qilmoqda va Rossiyani o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirmoqda. Unga ko‘ra, Lochin yo‘lagi Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorati ostida bo‘lishi kerak.
“Biz Rossiya Federatsiyasini Lochin yo‘lagiining noqonuniy blokadasini olib tashlash va Ozarbayjon qo‘shinlarini yo‘lakning butun xavfsizlik zonasidan olib chiqib ketilishini ta’minlash orqali Uch tomonlama bayonotning 6-bandida ko‘rsatilgan majburiyatni bajarishga chaqiramiz”, deyiladi Armaniston TIV bayonotida.
LiveBarchasi