Ozarbayjon Kaspiyni Qora dengiz suvi bilan to‘ldirishni taklif qildi
Olam
−
06 may 14730 1 daqiqa
Ozarbayjon Kaspiy va Qora dengizni yerosti tunneli orqali bog‘lash tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda “Minval Poli” nashri xabar berdi.
Mahalliy ADOG kompaniyasi va Zira xalqaro porti Kaspiy dengizini Qora dengiz bilan (Gruziya yoki Rossiya hududi orqali) bog‘laydigan 10 metr diametrli yerosti tunneli qurishni taklif qilmoqda. Tabiiy balandliklar farqi tufayli suv nasoslarsiz, o‘z-o‘zidan Kaspiyga oqib tushishi mumkin.
Tashabbus mualliflari bu loyiha Kaspiy dengizining so‘nggi yillarda doimiy pasayib borayotgan suv sathini barqarorlashtirishga yordam berishini ta’kidlamoqda. Suv sathining pasayishi mintaqa iqtisodiyoti, ekologiyasi va infratuzilmasi uchun jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.
Kompaniya vakillari loyiha qat’iy ekologik standartlarga amal qilingan holda amalga oshirilishini, atrof-muhit holati doimiy monitoringdan o‘tishini bildirgan. Ular tashabbus davlat darajasida ko‘rib chiqilishiga umid qilmoqda va tegishli idoralarni dastlabki maslahatlashuvlarga chaqirmoqda.
Ma’lumot uchun, oldinroq olimlar 2100 yilga borib Kaspiy dengizining sathi 21 metrga pasayishi mumkinligini ma’lum qilgan. 2006 yildan beri esa Kaspiyda suv sathi 2 metrga kamaygan va bu butun mintaqa uchun ekologik falokat xavfini kuchaytirmoqda.
Esaltib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Suv resurslari va irrigatsiya vazirining o‘rinbosari Bolat Bekniyoz parlamentning quyi palatasida Kaspiy dengizining sathi tarixiy minimal darajada pasayib ketganini aytgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr