Ozarbayjon Qorabog‘dagi tuproq yo‘llarni o‘z nazoratiga oldi

Olam

image

Kecha, 25 mart kuni Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari Armaniston tomonidan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni Ozarbayjon hududiga noqonuniy olib o‘tish uchun foydalanilgan tuproq yo‘llarni o‘z nazoratiga oldi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma’lum qilindi.

“So‘nggi kunlarda Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashtirilgan Ozarbayjon hududiga Armaniston qurolli kuchlari uchun ishchi kuchi, o‘q-dorilar, minalar, shuningdek, boshqa harbiy texnikalarni tashish faollashdi. Bundan tashqari, armanlarning Lochin yo‘li shimolidan o‘tuvchi Xonkendi-Xalfali-Turshsuv va Xonkendi-Kosalar-Mirzalar-Turshsu yo‘nalishida yo‘l qurish bo‘yicha noqonuniy ishlari tegishli kuzatuv uskunalari orqali qayd etildi. Ozarbayjon tomonining ko‘plab murojaatlari va bu boradagi muhokamalarga qaramay, qurol-yarog‘ va boshqa harbiy texnikaning olib o‘tilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmadi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Armanistonni mintaqadagi vaziyatni keskinlashtiruvchi provokatsion harakatlar va bayonotlardan tiyilib, Ozarbayjonning ichki ishlariga aralashmaslikka, o‘z majburiyatlarini bajarishga, xalqaro hamjamiyatni chalg‘itish urinishlarini davom ettirmaslikka chaqirgan.

“Armaniston tomonining so‘nggi provokatsiyalari Ozarbayjonning suveren hududlarida noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish uchun Lochin yo‘lining oxirgi qismida Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida chegara punkti va nazorat-o‘tkazish punktini tashkil etish zarurligini ko‘rsatmoqda”, deyiladi TIV bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' tuproq yo'llar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing