Ozarbayjon qidiruvda bo‘lgan Eron fuqarosini O‘zbekistonga topshirdi
3-sahifa
−
10 yanvar 11789 1 daqiqa
Firibgarlik jinoyatini sodir etishda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan Eron fuqarosi Ozarbayjon hukumati tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga topshirildi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, qidiruvdagi 1970 yil 30 martda tug‘ilgan, Eron Islom Respublikasi fuqarosi Imoni Ali Abdullohni topshirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Bosh prokuraturasining iltimosnomasi Ozarbayjon Bosh prokuraturasi tomonidan qanoatlantirilgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu shaxs 2025 yilda Ozarbayjon hududida aniqlanib, hibsga olingan edi.
Ozarbayjon rasmiylari 2002 yil 7 oktyabrdagi “Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga asoslanib, ayblanuvchini ekstraditsiya qilish (topshirish) haqida qaror qabul qilgan. U Adliya vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish xizmatining maxsus konvoyi hamrohligida O‘zbekiston vakolatli organlariga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda ham Ozarbayjonda aniqlanib, hibsga olingan shaxs O‘zbekistonga topshirilgandi.
Live
Barchasi