Ozarbayjon “Qasos operatsiyasi”ni o‘tkazdi

Olam

image

Bugun, 13 fevral kuni Ozarbayjon Davlat chegara xizmati bo‘linmalari Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan bir kun oldin sodir etilgan “provokatsiya”ga javoban “Qasos operatsiyasi”ni o‘tkazdi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Armanistonning Kofan viloyati Nerkin-And aholi punkti yaqinidagi Armaniston qurolli kuchlarining jangovar posti butunlay yo‘q qilingan. Kecha, 12 fevral kuni ushbu hududdan Davlat chegara xizmatining ozarbayjonlik harbiy xizmatchilari o‘qqa tutilgani ma’lum qilingan. Vayron qilingan jangovar post shaxsiy tarkibi orasida qurbonlar borligi aytilmoqda.

“Armaniston tomonining Ozarbayjon-Armaniston shartli davlat chegarasidagi operativ vaziyatni keskinlashtirishga qaratilgan har bir provokatsiyasiga bundan buyon yanada jiddiyroq va qat’iy choralar ko‘riladi”, deyiladi Davlat chegara xizmati xabarida.

Armaniston tomoni esa Nerkin-And qishlog‘i yo‘nalishida mamlakat qurolli kuchlarining ikki nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing